Rossiyada 28 fevraldan Eron fuqarolariga vizalar berilishi cheklanmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreya bilan aviaaloqa to‘xtatiladi.
Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ma'lum qildi.
28 fevraldan eronliklarga ishbilarmonlik va gumanitar vizalardan tashqari boshqa vizalar berilishi taqiqlanadi.
1 martdan esa “Aeroflot” va “Avrora” aviakompaniyalaridan tashqari barcha kompaniyalar Janubiy Koreya bilan aviaaloqani to‘xtatadi.
Ushbu choralar Eron va Janubiy Koreyada koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘payotgani bilan bog‘langan. Golikovani aytishicha, Italiyada ham koronavirusning jadal tarqalishi kuzatilmoqda, biroq Italiya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgani uchun unga nisbatan cheklovlar kiritish murakkab. Shu sababli hukumat rossiyaliklarga Italiyaga bormaslikni tavsiya qilgan.