10:44 / 20.04.2020
6785

O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar soni 83 mingdan oshdi

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda

Foto: KUN.UZ

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 83 005 ta holat aniqlangan. 

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ular:

  • Toshkent shahrida – 15 198 ta holat; 
  • Farg‘ona viloyatida – 13 179ta holat;
  • Toshkent viloyatida – 12 261 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 7 251 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 5 635 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 5 300 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 4 723 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 4 598 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 3 329 ta holat; 
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 023 ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 2 712 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 2 524 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 2 510 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 762 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

19 aprel kuni Buxoro viloyati, Kogon tumani, “Mustaqillik” mahallasi, “Allaberdi” qishlog‘ida yashovchi 1974 y.t Mo‘min K., Namangan viloyati, Chortoq tuman, “A.Navoiy” mahallasida yashovchi 1979 y.t. Alisher Q.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

19 aprel kuni Samarqand shahar, “Sattepo” mavzesida yashovchi 1985 y.t. Ilhom A. va 1970 y.t. Xurshid S., Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “Chinobod” mahallasi, M.Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi 1986 y.t. Shavkat U., “Oltin vodiy” qishlog‘i, Hamza ko‘chasida yashovchi 2001 y.t. Sardor E., Namangan shahar, 1-mavzeda yashovchi 1987 y.t. Andrey A., Qarshi shahar, “Samarqand” mahallasida yashovchi 2000 y.t. Dilshod R., Urganch shahar, P.Mahmud ko‘chasida yashovchi 1971 y.t. Ravshanbek M.lar ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

19 aprel kuni Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 1971 y.t Nodirxon A. karantin qoidalarini buzib, avtomashinada 5 nafar fuqaroni olib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

19 aprel kuni Jizzax viloyati, Forish tumani, “Narvon” mahallasi, “Eshbo‘ldi” qishlog‘ida yashovchi 1991 y.t. Islom X. O‘zining uyida 4 nafar o‘rtoqlari bilan tug‘ilgan kun nishonlaganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

19 aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod tumani, “Oltin vodiy” mahallasida yashovchi 1976 y.t. Adhamjon K. karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

19 aprel kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 2-mavzesida yashovchi 1978 y.t. Elmurod K. 24-uy oldida karantin qoidalariga zid ravishda somsa savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

19 aprel kuni Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, T.Malik ko‘chasida yashovchi 1995 y.t. Abbos Yu. karantin qoidalarini buzib, Yunusobod tumanida joylashgan “Nurika” kafesida faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

19 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, “Chovqay” qishlog‘ida yashovchi 1999 y.t. Sherzod S. Qarshi shahar, “Chaqar” mahallasida joylashgan “Eski shahar” dehqon bozori hududida karantin qoidalarini buzib, litsenziyasiz savdo faoliyati bilan shug‘ullanganligi aniqlanib, u Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top