Vazirlar Mahkamasining “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Içki işlar organlari jamoat xavfsizligi bölinmalarining ştat birliklarini maqbullaştiriş hisobidan amaldagi pul ta’minoti doirasida Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boşqaruv apparati tuzilmasida 10 ta ştat birligidan iborat Strategik tahlil markazi taşkil etiladi.
Strategik tahlil markazi zimmasiga Özbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi va jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşiriş böyiça hukumat topşiriqlari ijrosini ekspert-huquqiy va axborot-tahliliy ta’minlaş vazifalari yuklatiladi.
Içki işlar vazirligi:
- manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisidagi qonunçilik normalarini jinoyatçilik omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlaş metodikasiga muvofiqlaştiriş, şuningdek, “tergov profilaktikasi”ni qöllaş mexanizmlarini belgilaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
- 2024 yil 30 dekabrga qadar kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini bajariş hisobidan Kriminologiya tadqiqot instituti faoliyatini raqamlaştiriş va elektron iş yurituvini amalga oşirişni nazarda tutuvçi E-kriminologiya axborot tizimini yaratadi va uşbu tizimni işga tuşiriş bilan boğliq barça taşkiliy-texnik çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Özbekiston hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi:
- Toşkent davlat yuridik universiteti ixtisoslaştirilgan filialining “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlaş” ta’lim yönalişi bitiruvçilarining Kriminologiya tadqiqot institutining böş lavozimlarini jamlaş böyiça tanlovlarda iştirok etişiga ruxsat beriş;
- Kriminologiya tadqiqot institutida ijtimoiy himoya qiliş masalalari böyiça komissiya faoliyatini yölga qöyiş.

















