Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Içki işlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etiş departamentining faoliyatini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Namangan viloyati Uyçi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasi hududida Jazoni ijro etiş departamentining öquv poligonini taşkil etilişi belgilanmoqda. Uning asosiy vazifasi etib xodimlarning xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini muntazam oşirib boriş böladi.

Poligonni 2025 yil 31 dekabrga qadar qurib bitiriş topşiriği berilgan.

Şuningdek, kiritilayotgan özgartirişlar bilan jazoni ijro etiş muassasalarining DUKlarni taşkil etiş vakolatlari bekor qilinmoqda: endilikda jazoni ijro etiş muassasalari xöjalik yurituvçi boşqa sub’yektlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritiş huquqiga ega.