15:07 / 20.05.2020
25541

Sirdaryoda toshqindan yaroqsiz holga kelgan ro‘zg‘or buyumlari yoqib yuborilmoqda

Sirdaryo viloyatining suv toshgan hududlarida uy-ro‘zg‘or buyumlari va anjomlar yoqib yo‘q qilinmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlar bilan muhokama qilinayotgan fotosuratlarga izoh berdi.

Foto: FVV axborot xizmati

«Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Hozirda bu maydonda ikkilamchi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlarini misol qilish mumkin. Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi», – deyiladi vazirlik axborot xizmati xabarida.

Foto: FVV axborot xizmati
Foto: FVV axborot xizmati

Ma'lumot uchun, hozirda toshqindan talafot ko‘rgan 541ta uy ta'mirdan chiqarilyapti. Bunga 13 524 nafar ishchi va 622ta transport vositasi jalb qilingan.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top