00:17 / 12.06.2020
12217

AQShda koronavirusga chalinganlar soni 2 mlndan oshib ketdi

AQShda koronavirusga chalinganlar soni 2 mlndan oshib ketdi. AQShga dunyoda koronavirusga chalinish holatlarining chorak qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri kelmoqda. 

Foto: Mario Anzuoni / Reuters

Ta'kidlanishicha, AQShda virusga chalinganlar soni Jorj Floyd o‘limidan keyin boshlangan noroziliklar ortida oshmoqda. Biroq AQSh hukumatida norozilik namoyishlari boshidan beri kasallanganlar soni oshmagani ta'kidlanmoqda.

Ayni vaqtda AQShda koronavirusga chalinganlar soni 2 mln 77 ming kishidan oshdi, undan vafot etganlar soni esa 115 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Shu bilan birga, 810 mingdan ko‘proq amerikalik virus keltirib chiqaruvchi asoratlardan forig‘ bo‘lgan.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ta'kidlashicha, namoyishlar boshlangandan beri 2 hafta ichida hukumat yangi kasallanish holatlari ko‘payayotganini kuzatmayapti. Uning aytishicha, norozilik namoyishlarining ko‘plab ishtirokchilari niqoblar taqishmoqda va ijtimoiy masofaga rioya qilishga harakat qilishmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar umumiy soni 7 mln 541 mingdan, undan vafot etganlar soni 421 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda 1-o‘rinda turibdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha 2-o‘rinni Braziliya (787 ming nafar), 3-o‘rinni Rossiya (502 ming nafar) egallamoqda. Keyingi o‘rinlarni Hindiston (298 ming) va Britaniya (291 ming nafar) egallamoqda.  

8 iyunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyyesus koronavirus tarqalishi sur'atlari Yevropada kamayayotganiga qaramay, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat umuman olganda yomonlashayotganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, Janubiy Osiyo, Afrika va Markaziy Osiyo davlatlarida koronavirusga chalinishlar soni tobora ortib bormoqda.

Shuningdek, oxirgi haftalarda Braziliyada va Hindistonda kasallanishlar soni ancha oshdi. Ushbu ikki davlat bu borada Yevropaning koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan davlatlarini ham ortda qoldirgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top