21:00 / 20.06.2020
3128

Bugun 17 bemor tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda 17 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 4300 nafarga yaqinlashgani haqida xabar berdi.

Bugun Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida esa 1 nafar, jami 17 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi.

Tuzalganlarning 5 nafari erkak, 12 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan. 

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2215 nafarga yetdi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4290 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top