Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valuta tarkibining 69,4 foizi - dollar, 11,9 foizi - yapon iyenasi, 10,7 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 4,5 foizi – yevro, 3,5 foizi - boshqa valutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
2020 yilning 1 yarim yilligida davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari (davlat budjeti va davlat korxonalari mablag‘laridan) 465,1 mln. dollarni tashkil etdi.
Shundan:
- asosiy qarz to‘lovlari - 261,4 mln. dollar;
- foiz to‘lovlari - 203,7 mln. dollar.
Mazkur davrda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 146,6 mln. dollarni tashkil etdi.
Shundan:
- asosiy qarz to‘lovlari – 94,1 mln. dollar;
- foiz to‘lovlari – 52,5 mln. dollar.