Markaziy bank boşqaruvi 2024 yildagi ilk yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirişga qaror qildi. Yiğilişdan keyin MB boşqaruv raisi Mamarizo Nurmurodov iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Nurmurodov, taşqi qarzlar haqidagi savolga javob berarkan, 2024 yilda Özbekiston hukumati 5 mlrd dollar miqdorida taşqi qarz olişni rejalaştirganini qayd etdi.
“Bundan taşqari, davlat tomonidan kafolatlanmagan taşqi qarz bor. Bu – tadbirkorlik sub’yektlari, tarmoqlar, banklar [jalb qiladigan qarzlarni] taşkil etadi. Taşqi bozorlardagi şaroitlarning qat’iylaşuvi fonida bu [2023] yil oldingi yilga nisbatan ma’lum kamayiş kuzatildi. Kelgusi [2024] yildan foizlar pasayişi hisobiga taşqi qarzlarni davlat kafolatisiz jalb qiliş tizimi yanada kengayişini kutyapmiz. 6 foiz iqtisodiy ösişni faqat içki resurs va jamğarmalarga tayangan holda amalga oşirişimiz qiyin böladi. Şuning uçun ham biz taşqi bozorlardan mablağlar jalb qilişimiz faqat iqtisodiy ösişimizga zamin yaratadi”, dedi u.
Regulyator rahbarining qöşimça qilişiça, 2023 yilda bank sektori uçun 14 mlrd dollar qarz jalb qilingan bölsa, yil davomida qarzlarga xizmat körsatiş xarajatlari 12 mlrd dollarni taşkil etgan.
Ma’lumot uçun, hukumat rejalariga köra, 2024 yilda olinadigan 5 mlrd dollarlik davlat taşqi qarzining 2,5 milliardi davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yönaltiriladi. Özbekiston Respublikasi nomidan 25 trln sömlik davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, 2023 yil oktyabr oyida Özbekiston 8,125 foiz stavkada 660 mln dollarlik suveren yevrobond çiqargan edi. Şuningdek, öşanda hukumat ilk marta milliy valutada 4,25 trln sömlik “yaşil” suveren xalqaro obligatsiyalarni ham London fond birjasiga joylagandi.








