Özbekiston ilk bor 4,25 trln söm miqdoridagi “yaşil” suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylaştirdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, sömda çiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari içida ilk “yaşil” suveren obligatsiyalar hisoblanadi.
“Yaşil” obligatsiyalar böyiça kelib tuşadigan mablağlar suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş, temiryöl va metro transportini rivojlantiriş, sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş va aholi punktlarida tozalikni ta’minlaş, şamol eroziyasiga va suv xöjaligi obektlarining qum bosişiga qarşi ihota daraxtzorlari barpo etiş kabi “yaşil” loyihalarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.
Bunda loyihalarni tanlab oliş jarayoniga Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi jalb qilingan. “Yaşil” obligatsiyalar dasturi böyiça Sustainalytics tomonidan ikkinçi taraf ijobiy xulosasi olingan.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasining milliy valutadagi “yaşil” obligatsiyalariga bölgan yuqori talabni inobatga olib, 3 yillik sömdagi xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkalarini (kupon tölovi) kutilgan 18 foizdan 16,25 foizga tuşirişga muvaffaq bölingan. Mazkur tranzaksiya bilan joriy yilning 23 noyabr kuni söndirilişi kerak bölgan 1,9 trln söm miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar muddatidan oldin söndirilgan.
Qöşimça qilinişiça, içki moliya bozorlarida sönggi ötkazilgan auksionda (26 sentabr) 2 yillik davlat qimmatli qoğozlari böyiça foiz stavkalari 17,57 foizni taşkil qilgan.
Ikkilamçi bozor kotirovkalari hamda investorlar takliflaridan kelib çiqib, AQŞ dollaridagi Özbekiston Respublikasining 5 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari uçun dastlabki foiz stavkasi 8,50 – 8,625 foiz oraliğida e’lon qilingan.
Ikkilamçi bozorda Özbekiston Respublikasining 2029 yilda söndiriladigan xalqaro obligatsiyalari foiz stavkasi 8,1 foizga yetgan. Xususan, sönggi bir haftada (27 sentabr – 7,67 foiz) foiz stavkalari 0,43 foizga oşgan.
Buyurtmalar kitobi 1,7 mlrd. dollarga yetganda, foiz stavkalarni












