19:11 / 18.09.2020
10788

Tramp Assanjni afv etish uchun shartini aytdi

Assanj 2016 yil oktyabrda AQShdagi prezident saylovi bilan bog‘liq maxfiy ma'lumotlarni haftada bir marta chop etishga va'da bergandi.

Foto: Simon Dawson / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp WikiLeaks asoschisi Julian Assanj demokratik partiya serverlarida saqlangan maktublar matnini kimdan olganligini ma'lum qiladigan bo‘lsa, uni afv etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Assanjning advokatiga asoslanib Reuters xabar bermoqda.

 2016 yilda demokratik partiya serverlarining buzilishi va ulardagi yopiq ma'lumotlarning chop etilishi Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasiga salbiy ta'sir qilgan omillardan biri bo‘lgandi. Klintonning o‘zi ma'lumotlar sizib chiqishini mag‘lubiyatining asosiy sabablaridan biri bo‘lganligini aytgan va serverlar buzilganligi uchun javobgarlikni «rossiyalik xakerlar»ga yuklagandi. 

 Assanj 2016 yil oktyabrda AQShdagi prezident saylovi bilan bog‘liq maxfiy ma'lumotlarni haftada bir marta chop etishga va'da bergandi. Xususan, WikiLeaks portali Klintonning saylovoldi shtabi rahbari Jon Podestaning yozishmalarini 21 oktyabrdan, prezident sayloviga ikki hafta qolganida e'lon qilgan.

AQSh maxfiy xizmatlari demokratik partiya serverlariga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklagan. Rossiya AQShdagi prezident sayloviga aralashganligi to‘g‘risidagi barcha ayblovlarni rad etgan.

Mavzu
Julian Assanj mojarosi
Jurnalist, WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj josuslik mojarolari haqidagi o‘ta maxfiy materiallarni e’lon qilib kelgan. 2010 yilda Shvetsiyada uni hibsga olish uchun order berildi. 2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasiga yashirindi va ushbu davlat rahbariyatidan siyosiy boshpana so‘radi. U yetti yil davomida elchixonada yashadi, 2019 yil 11 aprel kuni Ekvador unga boshpana bo‘yi
Barchasi
Top