Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hokimi Sherali Sanayev o‘rniga yangi rahbar tayinlandi.
7 oktabr kuni Xalq deputatlari Qamashi tumani kengashining ham navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilib, Botir Normahmadovich Tog‘ayev tumanning yangi hokimi etib tayinlandi.
Botir Tog‘ayev 1976 yilda Kitob tumanida tug‘ilgan, 2001-2015 yillarda viloyatning Shahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib borgan.
U bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelgan.
Bundan avvalroq 2018 yil dekabridan buyon Qamashiga rahbarlik qilib kelgan Sherali Sanayev Mirishkor tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.