Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Xalq deputatlari Nişon tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körib çiqildi.
Sessiyada deputatlar Botir Normahmadoviç Toğayevni Nişon tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi.

Botir Toğayev 1976 yilda Kitob tumanida tuğilgan. Toşkent davlat agrar universiteti va Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
2020 yil oktyabridan Qamaşi tumani hokimi bölib işlagan. 2023 yil avgustida Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi. Şu tariqa, u vazir lavozimida bir neça oy işlagaç, yana Qaşqadaryo viloyatidagi tuman hokimligiga tuşirildi.
Nişon tumanining oldingi hokimi Muxtor Hayitmurodov Muborak tumani hokimi etib tayinlangan.
Şu tariqa, Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri özgarişi ortidan vazir örinbosarlari tarkibida ham özgarişlar böldi. Ötgan hafta Aziz Voitov qişloq xöjaligi vaziri lavozimidan ozod etilgan, uning örniga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida işlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov tayinlangan edi.
Köp ötmay Azim Nazarov, Akmal Qosimov va Bunyod Oxunov yangi vazirning yangi örinbosarlari etib tayinlandi.

















