7 oktabr kuni Xalq deputatlar Mirişkor tumani kengaşining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi.
Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev iştirokida ötkazilgan sessiyada taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Qamaşi tumani hokimi sifatida işlab kelgan Şerali Çoriyeviç Sanayev Mirişkor tumanining yangi hokimi etib tasdiqlangan.


Şerali Sanayev 2013-2016 yillarda Mirişkor tumanida prokuror lavozimida faoliyat körsatgan, 2017-2018 yillarda Toşkent viloyati Bekobod tumanida prokuror bölgan, 2018 yil dekabrida Qamaşi tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, şu yilning sentyabrida prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar muhokamasi yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida Qamaşi tumani natijalari alohida e'tirof etilgan, tumanda sönggi uç yilda 802ta yangi tadbirkorlik sub'yekti taşkil etilib, işlamayotgan 132ta korxona qayta tiklangani, eksport hajmi ötgan yilgiga nisbatan 1,5 barobar oşgani qayd etilgandi.
Ma'lumot uçun, Mirişkor tumaniga sönggi 3,5 yil içida törtinçi marta yangi rahbar kelmoqda. 2017 yil martidan buyon uşbu tumanga rahbarlik qilgan Ravşan Komilov 2019 yil oktyabrida işdan olingan (u bir neça marta internetda qahramonga aylangan, xususan, makkajöxori dalasidan keksa yoşli odamni nabirasi oldida haqoratlaşi tanqidlarga sabab bölgandi). Undan keyin tuman rahbarligiga Baxtiyor Rajabov








