20:11 / 16.10.2020
7955

Turkiya S-400 tizimlarini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Turkiyaga S-400 tizimlarini yetkazib berish 2019 yil iyul oyida boshlangandi.

Foto: RIA Novosti

 Turkiya Rossiyadan sotib olgan S-400 zenit-raketa tizimlari sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda harbiy-texnika sohasidagi manbaga tayanib RIA Novosti xabar qildi.

Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati mazkur xabar bo‘yicha hech qanday izoh bermadi.

"Turkiya Sinop hududida S-400 majmualarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Havoga uchirilgan uchta raketa uchta nishonga borib tegdi", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Turkiyaga S-400 tizimlarini yetkazib berish 2019 yil iyul oyida boshlangandi.

Vashington Rossiya texnikasidan voz kechishni va uning o‘rniga AQShning Patriot majmualarini sotib olishni talab qilgandi. Anqara bu talabga rozi bo‘lmadi.

Mavzuga oid
Top