22:43 / 26.11.2020
2580

Italiya Yevropa davlatlaridan birinchi bo‘lib AQSh bilan aviaaloqani tiklaydi

Italiya poytaxti Rimdagi Fyumichino aeroporti AQSh bilan pandemiya sababli to‘xtab qolgan aviaaloqani tiklaydigan Yevropadagi birinchi aeroport bo‘ladi. 

Foto: Wikimedia

Aeroportga AQShdan va AQShga reyslarni AQShning Delta Air Lines va Italiyaning Alitalia aviakompaniyalari bajaradi. Yo‘lovchilar parvozdan 48 soat oldin yoki aeroportga kelgach koronavirusga tahlil topshirishlari kerak bo‘ladi

Rim va AQSh o‘rtasida aviaaloqa dekabr boshida boshlanishi kutilmoqda. Bu boradagi yakuniy qaror yaqin orada Italiya hukumati tomonidan qabul qilinishi kerak. 

Mavzuga oid
Top