15:26 / 25.01.2021
9592

Yunusobod tumanida «Spark» va ikkita «Kobalt» to‘qnashdi

Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 09:20da 102 raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Goodzone” do‘koni qarshisida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotida aytilishicha, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.S. “Kobalt” avtomobilida harakatlanayotib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan F.B. boshqaruvidagi yana bir “Kobalt” hamda haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvidagi “Spark” avtomobillari bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida “Spark” avtomobili haydovchisi I.T. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 40 yoshli N.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Top