20:46 / 09.03.2021
10091

Superliga. «Navbahor» 17 ming tomoshabin qarshisida «So‘g‘diyona»ga mag‘lub bo‘ldi, OKMK «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozondi

Bugun, 9 mart seshanba kuni Namangan va Olmaliqdagi o‘yinlar bilan Superliga 2021 yilgi mavsumiga start berildi.

1-tur doirasida «Navbahor» Namanganda 17 mingdan ortiq muxlislari qarshisida Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubiga mag‘lub bo‘ldi. Shoxruz Norxonovning birinchi bo‘limda kiritgan goli Ulug‘bek Baqoyev shogirdlariga dastlabki turda 3 ochkoni keltirdi.

Olmaliqda esa OKMK jamoasi «Lokomotiv» ustidan zafar quchdi. Fortes 3-daqiqada gol urib Superliga-2021ning ilk goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Sanjar Qodirqulov hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Kasyan tomonidan kiritilgan gol Mirjalol Qosimov jamoasiga mavsumni g‘alaba bilan boshlash imkoniyatini berdi – 2:1.

Superliga. 1-tur
9 mart (seshanba)
OKMK – LOKOMOTIV – 2:1
Bosh hakam
: Shavkat Nasibullayev (Namangan)
Gollar: Elvin Fortes 3, Aleksandr Kasyan 77 - Sanjar Qodirqulov 37.
OKMK: 1.Botirali Ergashev (32.Suhrob Sultonov, 41), 77.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov (29.Vladimir Kozak, 13), 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 22.Sanjar Shoahmedov, 94.Elvin Fortes, 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov.
«Lokomotiv»: 35.Javohir Ilyosov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 3.Islom Qobilov, 22.Diyego Bardanka, 94.Xurshid Muxtorov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Javohir Sidiqov (7.Sadriddin Abdullayev, 65), 21.G‘ulomhaydar G‘ulomov (9.Javohir Alijonov, 79), 14.Azizbek Amanov (77.Diyor Turopov, 65), 10.Marat Bikmayev, 17.Sanjar Qodirqulov.

NAVBAHOR – SO‘G‘DIYoNA – 0:1
Namangan
, 17 358 tomoshabin.
Bosh hakam: Akobirxґja Shukurullayev (Toshkent)
Gol: Shoxruz Norxonov, 36.
«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 17.Ehsoni Panchshanbe, 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G‘ulomov (25.Shohrux Mahmudxojiyev, 55), 88.Slavisha Stoyanovich (11.Islombek Isoqjonov, 72)
«So‘g‘diyona»: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov, 6.Iskandar Shaykulov, 7.Arslanmirat Amanov, 8.Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov (9.Oybek Nurmatov, 80), 11.Jasur Xasanov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.

Mavzuga oid
Top