Özbekistondagi maşhur brendlardan biri bölgan Artel Superliga titul homiysiga aylandi. Kompaniya hamda Özbekiston Professional futbol ligasi bu borada uç yillik kelişuvga erişgan. 

Kelişuv şartlariga köra, Liga daromadi yildan yilga ösib boradi. Bunda Superliga iştirokçi klublari soni 2025 yildan boşlab 16 taga yetkazilişi hamda öyinlar soni 182 tadan 240 tagaça köpayişi közda tutilgan.

Superliga titul homiyligi masalasida Liga umumiy hisobda 5 ta kompaniya bilan muzokara olib bordi. Kelişuvning bir emas, bir neça yillik bölişi hamda mazkur davr davomida Liga işlab topadigan daromad masalasi Liga kun tartibida turdi. Muzokaralar yakunida Artel brendi bilan hamkorlik qiliş böyiça qaror qabul qilindi. 

Ma’lumot uçun, sönggi 5 yil davomida Superliga titul homiysi sifatida işlab kelgan Coca-Cola Liga bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Avvalroq kompaniya Özbekiston kubogining titul homiysiga aylangani hamda qator ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oşirmoqçi ekani haqida xabar berilgandi.

«Liga oldindagi uç yillik rejalarni öz içiga olgan dasturga ega bölib, bu yölda homiy taşkilotlar bilan hamkorlikda işlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Işonamizki, Artel bilan yölga qöyilgan hamkorlik mamlakat içki çempionati uçun xayrli böladi», deyiladi PFL matbuot xizmati xabarida.