Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Norma’ning yozishicha, quyidagi hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
prezidentning 23.08.2017 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3234-son qaroriga 1-ilova, 2-ilova (1);
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom (25.12.2018 yildagi PQ-4076-son qaror bilan tasdiqlangan) (2);
prezidentning 28.06.2019 yildagi «O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4375-son qaroriga 1-ilova, 3-ilova.
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi hamda Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hokimliklari huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘linmalari namunaviy tarkibi yangilandi (1).
Nizomning (2) 4-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari huzurida hududiy tibbiy komissiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
Shuningdek aniqlashtirilishicha, yig‘ish punktlaridagi harbiy-tibbiy komissiyalar va hududiy tibbiy komissiyalar o‘z faoliyatini prezidentning 6.03.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4630-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.