Gebreyyesusning ta'kidlashicha, "pandemiyaning asosiy drayveri" xalqaro hamkorlik va ma'lumotlar almashish istagi yo‘qligi, resurs va texnologiyalar taqdim etilmasligidir.
Dunyoda yangi halokatli virus paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori (JSST) Tedros Adanom Gebreyyesus Jyenevada ochilgan 74-jahon sog‘liqni saqlash assambleyasida aytdi.
"Dunyo pandemiya xavfiga oxirgi marta duch kelgani yo‘q. Evolyutsion hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi virusdan ham yuqumliroq va halokatliroq yangi virus paydo bo‘ladi", - dedi u.
Gebreyyesusning ta'kidlashicha, "pandemiyaning asosiy drayveri" xalqaro hamkorlik va ma'lumotlar almashish istagi yo‘qligi, resurs va texnologiyalar taqdim etilmasligidir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "agar eski yo‘ldan borilsa, o‘sha natijaga – tayyor bo‘lmagan, xavfli va adolatsiz dunyoga yetib borish mumkin".
JSSTning ma'lumot berishicha, 23 may holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 166 mln 346 ming nafardan oshgan, 3 mln 449 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
74-jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi 24 maydan 1 iyungacha bo‘lib o‘tadi. Unda asosiy e'tibor pandemiyaga qarshi kurash va yangi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratiladi.