Qizamiq kasalligi hozirgaça Şimoliy va Janubiy Amerika qit’alaridan taşqari qolgan barça mintaqalarda qayd etilgan. Mutaxassislar xulosasiga köra, epidemiologik vaziyat yomonlaşuvi koronavirus pandemiyasi davrida qizamiqqa qarşi emlaş tadbirlari yetarli darajada taşkil etilmagani bilan boğliq. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi JSSTga tayanib xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2022 yil dunyo böyiça emlaş qamrovi 2021 yilga nisbatan biroz oşgan bölişiga qaramay, 33 million qizamiqqa qarşi vaksina dozalari bilan qamrab olinmagan. 22 million nafarga yaqin öğil-qiz vaksinalarning birinçi dozasini, 11 million nafari ikkinçi dozasini qabul qilmagan.

“2024 yilgi emlaş dasturlarida ham katta böşliqlar bor. Agar holat şunday davom etsa, millionlab bolalarimiz bundan jabr körişi mumkin. Bugun sayyoramiz böyiça qizamiqning ösiş dinamikasi kuzatilyapti. Ayniqsa örta daromadli mamlakatlarda ahvol qoniqarli emas. Biz 2019 yilgi holat takrorlanişidan xavotirdamiz”, – degan JSST vakili Nataşa Kroukroft.

Ma’lum qilinişiça, yer yuzida qizamiq bilan kasallaniş darajasi 2019 yilda keskin oşib, sönggi 23 yildagi rekord körsatkiçga yetgan (869 mingta holat). Qizamiqdan ölim statistikasi ham 2016 yilga nisbatan deyarli 50 foizga köpaygan (207 ming holat).