13:04 / 15.10.2021
1947

Navoiyda hokimlik zaxirasidagi yerni 75 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Navbahor tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.  

Ma'lum qilinishicha, fuqaro L.Q. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, aslida Navbahor tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 40 sotix yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytgan hamda uni 75 mln so‘mga sotishga kelishgan. Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda L.Q. 1 700 AQSh dollari va 57 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Qiziltepa tumanida davlat zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.

Top