Boş prokuratura huzuridagi departamentning Marğilon şahar bölimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uçun sudlangan S.Y. fuqaro M.P. bilan özaro til biriktirib, fuqaro I.T.ga göyoki özini kadastr xodimi va yer ajratiş böyiça tender komissiyasi a’zosi sifatida taniştirib, unga Qöştepa tumani hududidagi 12 sotix zaxiradagi ekin yer maydonini 10 000 AQŞ dollari evaziga avtomobillarga texnik xizmat körsatiş yönalişida ajratib berişini aytib, oldindan 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Şahrisabz şahar bölimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, davlat kadastrlari palatasi Yakkaboğ tumani filiali muhandisi B.X. fuqaro B.O.ga “Darxon” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasidagi qişloq xöjaligiga möljallangan 1 gektar yer maydonida boğdorçilik faoliyati bilan şuğullanişi uçun hujjatlarni rasmiylaştirib berişi evaziga 200 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.