09:53 / 20.10.2021
8819

Hindistonda musson yomg‘irlar oqibatida 80 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida 3 kundan ko‘proq vaqtdan beri davom etayotgan musson yomg‘irlari oqibatida kamida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Business Standard nashri xabar berdi.

Foto: AP

Yomg‘irlar tog‘li shtatda ko‘chkilar va toshqinlarni keltirib chiqargan. O‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Mahalliy hokimiyat qurolli kuchlarga yordam so‘rab murojaat qilgan. Harbiylar qidiruv ishlariga jalb qilinadi.

Musson yomg‘irlari mamlakat janubida ham davom etmoqda. Jumladan, Kerala shtatida yomon ob-havo sababli 38 kishi halok bo‘lgan. Meteorologlarning ta'kidlashicha, yaqin kunlarda yomg‘irlar jadalligi kamayishi kutilmoqda.

Top