O‘zbekiston eksporti va importida yuqori ulushga ega 10 ta davlat ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 5,5 mlrd dollar.
Keyingi o‘rinlarda 4,9 mlrd dollarlik import mahsulot olib kirilgan Xitoy va 2,7 mlrd dollarlik ko‘rsatkich qayd etilgan Qozog‘iston bormoqda.
Shuningdek, bu raqam qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Koreya – 1,8 mlrd;
- Turkiya – 1,7 mlrd;
- Germaniya – 692,3 mln;
- Turkmaniston – 690,6 mln;
- Ukraina – 472,4 mln;
- Hindiston – 461 mln;
- Litva – 438,3 mln AQSh dollari.
Bundan tashqari, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,5 mlrd.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 2,1 mlrd;
- Turkiya – 1,7 mlrd;
- Qozog‘iston – 1,2 mlrd;
- Qirg‘iziston – 791 mln;
- Afg‘oniston – 649,4 mln;
- Tojikiston – 501 mln;
- Ukraina – 232 mln;
- Kanada – 200 mln;
- Turkmaniston – 191,3 mln AQSh dollari.