Moskva sudi Rossiya mudofaa vazirining sobiq örinbosari Timur Ivanov va uning qarindoşlari köçmas mulki, aktivlari va bank hisobraqamlarini muzlatib qöydi. Bu haqda 25 aprel, payşanba kuni huquq-tartibot organlarining ismi oşkor etilmagan xodimiga tayanib, TASS agentligi xabar berdi. «U va rafiqasi, şuningdek, sobiq xotinlari va beş farzandi, jumladan, asrab olingan bolalarga tegişli bölgan barça narsalar poytaxt sudi tomonidan Ivanov keyinçalik aybdor deb topilgan taqdirda tegişli çoralar köriş maqsadida xatlovga olindi», - deya suhbatdoşidan iqtibos keltiradi agentlik. 

Timur Ivanovning qamoqqa olinişi 

Moskvaning Basmanniy tuman sudi 24 aprel, çorşanba kuni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanovni ikki oy muddatga, 23 iyunga qadar tergov izolyatoriga jönatdi. Ivanovga nisbatan katta miqdorda pora olganlik ayblovi qöyilgan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi, 15 yilgaça qamoq jazosi). «Tergovning fikriça, Ivanov uçinçi şaxslar bilan jinoiy til biriktirib, uyuşgan guruh tomonidan şartnomalar tuziş va subpudrat jarayonida mulkiy xususiyatga ega xizmatlar körsatiş şaklida öta yirik miqyosda jinoyat sodir etişni maqsad qilgan», deyiladi sudlarning qöşma matbuot xizmati xabarida.

Vazir örinbosari bilan birga uning şerigi deb taxmin qilingan Sergey Borodin ham hibsga olingan. U ham ikki oy muddatga tergov izolyatoriga jönatilgan.

Şu kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Timur Ivanovni vazir örinbosari lavozimidan çetlaştiriş haqidagi buyruqni imzoladi.

Timur Ivanov işiga aloqador uçinçi şaxs hibsga olindi

25 aprel kuni Rossiya OAV Timur Ivanov işiga aloqador uçinçi şaxs – «Olimpsitistroy» kompaniyasi asosçisi Aleksandr Fomin hibsga olingani haqida xabar berdi. Moskvaning Basmanniy sudi qarori bilan u Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosariga pora berganlikda gumonlanib, 2024 yil 23 iyungaça hibsda saqlanadi, deb yozadi TASS sud matbuot xizmatiga tayanib. Xabarga köra, Fomin Ivanovga qarşi körsatma berdi. 

«Tergov ma’lumotlariga köra, Fomin Ivanov bilan işonçli munosabatlarda bölib, binolarni ta’mirlaş yoki rekonstruksiya qiliş bilan boğliq tovarlar, işlar va xizmatlar uçun haq tölaş majburiyatidan ozod qiliş şaklida mulkiy xizmatlar körsatgan», - deyiladi ma’lumotda. «Şuningdek, Fomin va boşqa şaxslar uyuşgan guruh sifatida Ivanovning ularga noqonuniy mulkiy xizmatlar körsatiş şaklida katta miqdordagi pora olişiga hissa qöşgan», — deya agentlik sud matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan.