18:58 / 01.03.2022
15517

Rossiya mudofaa vazirligi harbiy obektlar yaqinida yashovchi kiyevliklarni uylarini tark etishga chaqirdi

Qayd etilishicha, Kiyevdagi mazkur obektlarga «yuqori aniqlikdagi qurol bilan zarba beriladi».

Foto: Reuters

Rossiya mudofaa vazirligi Kiyevdagi Ukraina xavfsizlik xizmati texnologik obektlari va 72-axborot-psixologik markazi yaqinida yashovchi kiyevliklarni uylarini tark etishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu obektlarga «yuqori aniqlikdagi qurol bilan zarba beriladi».

«Ukraina millatchilari tomonidan Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga jalb qilingan ukrain fuqarolarini hamda Kiyevdagi retranslatsiya bog‘lamalari yaqinida yashovchi Kiyev aholisini uylarini tark etishga chaqiramiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, «Rossiyaga qarshi axborot xurujlariga chek qo‘yish maqsadida» bog‘lamalarga zarba beriladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top