Ukraina tergov organlariga keng miqyosli hujum boşlanganidan beri ukrainalik harbiy asirlarning rus askarlari tomonidan qatl etilgani böyiça 54 ta holat ma’lum. Bu haqda 9 aprel, seşanba kuni «Suspіlne» telekanalida prokuraturaning qurolli mojaro paytida sodir etilgan jinoyatlarga qarşi kuraş bölimi boşliği Yuriy Belousov ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, 2022 yil mart oyidan buyon uşbu turdagi jinoyatlar böyiça jami 27 ta jinoyat işi qözğatilgan.

Ötgan yakşanba, 7 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ukrainalik harbiy asirlarning qatl etilişi aks etgan videoni izohlar ekan, Belousov, dastlabki ma’lumotlarga köra, bu jinoyat Xerson viloyati egallab olingan qismidagi Krinki qişloği yaqinida sodir bölganini, biroq tafsilotlar tekşirilayotganini ta’kidladi. 

Ukraina Oliy radasining Inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets avvalroq uşbu voqea munosabati bilan BMT va Xalqaro Qizil Xoç qömitasiga xalqaro gumanitar qonunlar buzilganligini qayd etiş talabi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergan edi. 

«Bu bitta hodisa emas, balki RF siyosatining dalilidir» 

Belousov, şuningdek, «bu alohida hodisa emas, balki Rossiya siyosatining dalili», deb qöşimça qildi. Uning sözlariga köra, Rossiya harbiy sudi allaqaçon Çernihiv viloyatida ukrainalik harbiyning öldirilişi böyiça sud hukmini çiqargan, biroq köp hollarda tergovga ukrainalik tergovçilarning voqea sodir bölgan joyga boriş imkoni yöqligi tösqinlik qilmoqda. 

2023 yil dekabr oyi boşidan fevral oyi oxirigaça BMTga kamida 32 ukrainalik harbiy asir otib taşlangan 12 ta hodisa haqida xabar keldi. BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi (UIHMM) hisobotiga köra, BMT kuzatuvçilari uçta holatni tasdiqlaşga muvaffaq böldi. Unda ukrainalik harbiy asirlarning öldirilişi haqidagi işonçli xabarlar soni keskin oşgani aytiladi. Şu bilan birga, 2022 yil va 2023 yil boşida 25 nafar rossiyalik harbiy asirning Ukraina harbiy xizmatçilari tomonidan qatl etilişi holatlari ham qayd etilgan.