Ukraina va Britaniya örtasida mudofaa sanoati va qurol işlab çiqariş sohasida hamkorlik böyiça hadli şartnoma imzolandi. Hujjat Kiyevda bölib ötgan konferensiyada Britaniyaning 30 ga yaqin mudofaa kompaniyasi vakillari, jumladan, dron işlab çiqaruvçilari iştirokida imzolandi, deb xabar berdi Reuters 10 aprel, çorşanba kuni. Qayd etilganidek, britaniyaliklar Ukrainada mahalliy mudofaa işlab çiqaruvçilari bilan qöşma korxonalar yaratiş imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Dronlar işlab çiqariş kengaytiriladi

Ukraina strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamişinning marosimdan söng ta’kidlaganidek, bu Ukraina uçun birinçi şunday hukumatlararo kelişuvdir. «Bugungi kunda Britaniya kompaniyalari ukrainaliklar bilan hamkorlikda işlamoqda va birgalikda köproq qurol işlab çiqariş imkoniyatlarini izlamoqda», - deya uning sözlarini keltiradi Reuters. 

Öz navbatida, Buyuk Britaniya savdo vaziri Greg Xends imzolangan kelişuv Ukrainaga Rossiya hujumidan himoyalanib, jang maydonida ustunlik berişi hamda uzoq muddatda uning iqtisodiyotiga foyda keltirişiga umid bildirdi. 

Qayd etilişiça, Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasi Britaniya Mudofaa vazirligi bilan Ukrainada yengil qurollarga texnik xizmat körsatiş, ta’mirlaş va tiklaş böyiça şartnoma imzoladi. Bundan taşqari, har ikki davlat vakillari Ukraina uçun uçuvçisiz uçoqlar işlab çiqarişni kengaytirişga umid bildirdi. Ukraina bu yil taxminan 1 million dona FPV-dronlar işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. 

Zelenskiy: Ukraina omon qoliş uçun zarur bölgan qurollarni olmayapti

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bir kun avval Bild gazetasiga bergan intervyusida uning mamlakati omon qoliş uçun zarur bölgan qurollarni ğarb hamkorlaridan olmayotganini aytdi. «Bizning hamkorlarimizda bugungi kunda omon qolişimiz uçun zarur bölgan ma’lum qurollar bor. Men bu qurollarni nega olmayotganimizni tuşunmayapman», dedi u Germaniyadan TAURUS uzoq masofali qanotli raketalar yetkazib berilişiga umid bildirib.