18:26 / 04.03.2022
33741

Kreml Qodirovning Putindan Kiyev va Xarkovni tezroq egallashga buyruq berish to‘g‘risidagi iltimosiga izoh berdi

Avvalroq Checheniston rahbari Putindan jangchilarga Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlarini tezroq egallashga buyruq berishini so‘ragandi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi maxsus operatsiya bo‘yicha turli takliflar olmoqda va bu boradagi qarorni shaxsan o‘zi qabul qiladi, dedi Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Kiyev va Xarkovni tezroq egallashga buyruq berishini iltimos qilganini shunday izohladi.

«Harbiy san’atga oid masalalarni izohlash mening vakolatimga kirmaydi. Oliy bosh qo‘mondon bunday takliflarni ham olmoqda. Bu operatsiya davomida oldinda turgan vazifalarni qanday bajarish borasidagi qarorni ham aynan oliy bosh qo‘mondon qabul qiladi», — dedi Kreml vakili.

Avvalroq Checheniston rahbari Putindan jangchilarga Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlarini tezroq egallashga buyruq berishini so‘ragandi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari jangovar vazifalarni bajarishda «a’lo natijalarga» erishgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top