Toshkent shahrida infokioskni o‘g‘irlab ketganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 19 mart kuni soat 20:00 larda noma’lum shaxs «Uzpaynet» MChJga tegishli umumiy qiymati 22 000 000 so‘mlik infokioskni o‘g‘irlab ketgan.
Ushbu shaxs infokioskni o‘zining «Nexia» rusumli avtomashinasiga joylab, kimsasiz joyga olib borgan. U yerda infokioskni ochib, ichidagi 3 083 000 so‘m pullarni o‘zlashtirgan.
“Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, gumonlanuvchi shaxs 27 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi va u qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yashnobod tumani IIO FMBga yuborilgan.