Toşkent şahrida fuqarolarga Telegram orqali soxta havola yuborib, ularning pullarini özlaştirib kelgan şaxs qölga olingan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Farğona şahrida yaşovçi, 48 yoşli ayol IIBga murojaat qilib, bank kartasidan noma’lum şaxs 74,5 mln söm pullarni özlaştirib olganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toşkent şahri Yaşnobod tumanida yaşovçi, 16 yoşli X.Y. sodir etgani aniqlangan.

Unga köra, X.Y. internet foydalanuvçilariga Telegram orqali turli xil mazmundagi havola jönatib, bank kartasi ma’lumotlarini qölga kiritiş orqali bank kartalarida saqlangan pullarni öğirlab kelayotgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 3-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, X.Y.ning sodir etilib foş qilinmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş yuzasidan tezkor-suriştiruv işlari olib borilmoqda.