07:55 / 16.07.2022
4105

Toshkent – Seul – Toshkent aviaqatnovlari uchun bagaj me’yori oshirildi

Uzbekistan Airways 2022 yil 15 iyuldan boshlab Toshkent – Seul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni xarid qilishda amaldagi jadval bo‘yicha aviaqatnovlar uchun yuk tashish me’yori oshirilishini ma’lum qildi. 

Foto: Kun.uz

Endi yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida faqat ekonom-klass uchun bagaj miqdori, aviachiptada ko‘rsatilgan me’yordan qat’iy nazar hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz oshiriladi:

Y- va B- tariflari har biri 23 kg/158 sm gacha bo‘lgan 2 ta bagajga oshiriladi.

Guruh bo‘lib olingan tarifda, shuningdek, biznes-klass tariflarida yuk tashish me’yorlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

Mavzuga oid
Top