12:57 / 23.07.2022
7997

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti tasdiqlandi

O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 foizli qabul ko‘rsatkichlari oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Davlat komissiyasi bayoniga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 045 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. 

Ta’lim shakllari kesimida:

  • kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 151 ta (davlat granti asosida - 1588 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 563);
  • sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 228 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
  • kechki ta’lim shakli uchun – 495 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
  • masofaviy ta’lim shakli uchun – 171 ta (to‘lov-kontrakt asosida).
Top