Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari dorilar bilan ta’minlanadi
“Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlarining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya, DXX, prezident davlat xavfsizlik xizmati, Harbiy prokuratura, Bojxona qo‘mitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida yaralangani, kontuziya yoki mayib bo‘lgani oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila a’zolari uchun quyidagilar belgilangan:
- O‘zbekiston hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida yiliga bir marta bepul sog‘lomlashtirish;
- shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojidan kelib chiqib dori vositalarini (yiliga bir marta), tibbiy va maxsus protez ortopediya moslamalarini olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash;
- og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lganlarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, yiliga bir marta dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasini kompensatsiya qilish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi - vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarini O‘zbekiston hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida sog‘lomlashtirish, dori vositalarini, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish, og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lganlarga dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasini kompensatsiya qilish, jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
- vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarining O‘zbekiston hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida sog‘lomlashtirilishini tashkillashtirish;
- vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodimlar)ning oila a’zolarini dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash;
- vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodimlar)ning og‘ir tashxisli kasalliklari va nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori vositalari summasini kompensatsiya qilish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplash.
Belgilanishicha, vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) oila a’zolarini O‘zbekiston hududidagi sanatoriy-kurort muassasalari va bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida sog‘lomlashtirish, dori vositalarini, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalarini olib berish, og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lganlarga dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasini kompensatsiya qilish, jarrohlik amaliyotlarining xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha talab etilgan xarajatlar tegishli vazirlik va idoralarning asoslangan so‘rovnomalariga muvofiq ularga har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 15:38
-
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 15:34
-
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti
Jahon | 13:54
-
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi
O‘zbekiston | 13:16
Mavzuga oid

21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi

08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

10:46 / 14.03.2025