16:55 / 08.12.2022
13228

Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasi bilan xayrlashdi

 Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike iste’foga chiqdi.

Foto: Getty Images

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi ispaniyalik mutaxassis jamoa bilan rasman xayrlashganini e’lon qildi. Enrike 2019 yildan buyon «qizil furiya»ni boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida ispanlar Yevro-2020da yarimfinalga qadar yetib borgan, ammo penaltilar seriyasida Italiyaga mag‘lubiyatga uchragandi. 

Ma’lumot uchun, Ispaniya JCh-2022 nimchorakfinalida Marokashga qarshi uchrashuvda penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchragandi.

Mavzuga oid
Top