Serxio Ramos Ispaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
«PSJ» klubi himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya milliy jamoasi yangi bosh murabbiyi Luis de la Fuente bilan suhbatdan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilganini e’lon qildi.

Foto: Getty Images
«Bugun ertalab yangi bosh murabbiydan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va u men qanday o‘yin namoyish etmay, baribir milliy jamoada uning rejalaridan o‘rin olmasligimni ma’lum qildi. Kelajakda ham meni chaqirmasligini tushuntirdi. Afsuski, men hali davom etishiga umid qilgan sarguzashtim qisqaroq bo‘ladigan bo‘ldi.
Fikrimcha, milliy jamoadagi ajoyib sarguzashtim yoshim bilan bog‘liq sabab bilan emas, o‘z qarorimga ko‘ra yakunlanishga munosib.
Messi, Modrich va Pepe singari o‘yinchilarga qoyil qolaman, havas qilaman, ammo endi menda bunday bo‘lmaydi.
O‘z mamlakati bosh jamoasi sha’nini 180 marotaba sharaf bilan himoya qilgan shaxs sifatida milliy jamoamizni endi chetdan qo‘llab-quvvatlashda davom etaman. Shuncha yil menga doim ishongan barchaga chin qalbdan rahmat!», - deya yozadi Serxio Ramos ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Seguiré animando a mi país desde casa con la emoción del privilegiado que ha podido representarlo orgulloso 180 veces. ¡Gracias de corazón a todos los que siempre creísteis en mí! ❤️💛❤️ pic.twitter.com/KzVldPhiqo
— Sergio Ramos (@SergioRamos) February 23, 2023
Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli himoyachi 2005-2021 yillar davomida Ispaniya milliy jamoasi sharafini himoya qilgan. U 180 o‘yinda maydonga tushib, Ispaniya safida JCh-2010 g‘olibi va ikki karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

15:50 / 18.07.2024
Messi bilan suratga tushishni istamagan bola, farroshning o‘g‘li va noodatiy oyoqlar. Yevropaning yangi chempionlari haqida qiziqarli faktlar

11:34 / 15.07.2024
Ispaniya - mutlaq chempion! Yevroda eng munosib jamoa g‘olib chiqdi

20:54 / 14.07.2024
Ispaniya rekord arafasida, Angliya tarixni yangilashi mumkin. Final prevyusi

15:19 / 14.07.2024