Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Italiyani mag‘lub etib, qatorasiga 2-bor Millatlar Ligasi finaliga yo‘l oldi
Millatlar Ligasi ikkinchi yarimfinalida Ispaniya Italiyani so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lub etib, finalga yo‘llanma oldi.
«Qizil furiya» chempionlik uchun 18 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. 3-o‘rin uchun esa Italiya Niderlandiya bilan o‘ynaydi.
E’tiborlisi, Ispaniya ushbu turnirda qatorasiga ikkinchi bor finalga chiqdi. Jamoa o‘tgan safargi finalda. Fransiyaga (1:2) yutqazib qo‘ygandi.
Millatlar Ligasi. Yarimfinal
Ispaniya — Italiya 2:1
15 iyun. Niderlandiya
Gollar: Pino (3), Xoselu (88) — Immobile (11, penalti).
Ispaniya – Unai Simon, Navas, Laport, Le Norman, Alba, Merino (Fabian Ruis, 74), Rodri, Pino (Fati, 74), Gavi (Kanales, 68), Rodrigo (Asensio, 46), Morata (Xoselu, 84).
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Bonuchchi (Darmian, 46), Toloi, Acherbi, Spinatssola (Dimarko, 46), Jorjino (Kristante, 61), Barella, Frattezi (Verratti, 76), Dzanolo, Immobile (Keza, 60).
Ogohlantirishlar: Immobile (38), Alba (45), Gavi (57), Morata (83), Dzanolo (90).