00:05 / 02.02.2023
298683

Samsung yangi Galaxy S23 flagmanlarini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini taqdim etdi.

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S23 flagman smartfonlari seriyasini e’lon qildi. Kompaniya vakillari Galaxy Unpacked tadbiri chog‘ida smartfonlarni taqdim etdi. Marosim kompaniyaning YouTube kanalida namoyish etildi.

Yangi smartfonlar qatoriga Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra kiradi. Seriya qurilmalari Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va 8 gigabayt operativ xotira bilan ta’minlangan.

Foto: Samsung

Asosiy smartfon 6,1 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyga ega bo‘lib, 120 gers chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi, 128 gigabaytlik disk, 50, 12 va 10 megapikselli linzali uch kameraga ega. Qurilma 3900 milliamper-soat quvvatga ega akkumulyatorni oldi. Galaxy S23+ modeli asosiy smartfondan 6,6 dyuymli ekran va 4700 milliamper-soatli batareyaga egaligi bilan farq qiladi.

Foto: Samsung

Seriyaning eng yaxshi telefoni 6,8 dyuymli displeyni oldi. Galaxy S23 Ultra 200, 12, va 10 megapikselli kameralar, 100 marta kattalashtira oladigan masshtabli kamera, 5000 milliamper-soatli batareyaga ega.

Foto: Samsung

Seriyadagi eng hamyonbop qurilma – Galaxy S23 narxi 799 dollar yoki taxminan 9 mln so‘mni tashkil qiladi. Galaxy S23 Ultra 1199 dollar yoki taxminan 13,5 mln so‘mga baholangan. Samsung o‘z veb-saytida flagmanlarga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ochgan.

Mavzuga oid
Top