11:08 / 24.02.2023
9892
Reklama

“Yangi Uylar” – yangi uylar haqida ma’lumotlar bazasi

O‘zbek xonadoni – bu uning oilasi yashaydigan uy. Xoh katta, xoh mo‘’jaz bo‘lsin o‘ziga qulay, shinam, fayzli uy olish orzusi har kimda bor. Ammo ko‘chmas mulk bozori shu qadar kengayganki, unda aldanmaslik kafolatlanmagan.

Foto: Yangi Uylar

 “Yangi Uylar” bu mushkul ishni oson qilish istagida Toshkent shahridagi yangi va yaxshi uylarning maxsus katalogini taqdim etadi. Unda birlamchi va ikkilamchi bozordan istalgan turdagi ko‘chmas mulk ehtiyojiga javob topiladi. Turar joyni naqd yoki muddatli to‘lov shartlariga olish, ijara xizmatlari, aksiyalar doirasida foydali xaridlar haqida to‘liq ma’lumotni shu yerdan topishingiz mumkin.

Bugun xaridorlarni olayotgan uyining narxi, sifati va zilzilabardoshligi qiziqtirishi tabiiy. Kompaniya bu borada siz uchun qayg‘uradi: ishonchli, hamyonbop va sifatli turar joy taklif etish qoidasiga amal qiladi.

Sizni poytaxtdagi o‘zingizga ma’qul hududlarda sotuvga qo‘yilgan uylarning narxi, joylashuvi, suratlari bilan batafsil tanishtiramiz. Bu ma’lumotlarni esa bevosita ishda yoki uydan turib, vaqt yo‘qotmasdan qo‘lingizdagi smartfon orqali olish mumkin.

“Yangi Uylar” – Toshkentdagi yangi qurilgan va qurilayotgan turar joy majmualarining quruvchilari, qurilgan uylarning barcha xususiyatlari, xaridorning to‘lov qobiliyatiga ko‘ra tanlov bera oladi.

“Yangi Uylar” – tayyor xonadonga ko‘chib kirishni yoki ijaraga olishni xohlaganlar uchun ikkilamchi bozordagi uylarning o‘z didingizga mosini tanlash, narxlarni solish

“Yangi Uylar” – ijara uchun bino yoki joy qidirayotganda keng turdagi e’lonlar to‘plami va batafsil ma’lumotlar bazasi.

Ortiqcha vaqt va asabbuzarliklarsiz shaharning istalgan hududida, eng arzon narxlardan tortib premium toifadagi uylar haqida e’lonlar bilan tanishing.

“Yangi Uylar” – sizga keragini biz tavsiya etamiz!

Mavzuga oid
Top