11:08 / 15.03.2023
8367

Fotoreportaj: Xotin-qizlar “Zakovat”da bellashdi

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat intellektual klubi” NNT va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi.

Foto: Zakovat

Turnir “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi orasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish, gender tengligini ta’minlash, yurtimizda xotin-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda ularning intellektual qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilindi.

Turnir 2 ta bosqichda bo‘lib o‘tdi:

1-bosqich — hududiy saralash bosqichlari;

2-bosqich — Respublika bosqichi.

Joriy yil 3 mart sanasida turnirning hududiy bosqichi o‘tkazildi. Unda respublikamizning 14 ta hududidan jami 400 dan oshiq jamoa va turli yoshdagi 2400 nafardan oshiq ayollar ishtirok etdi.

Hududiy bosqich yakunida har bir hududdan 3 tadan jamoa respublika bosqichiga yo‘l oldi.

Turnirning respublika bosqichi 42 ta jamoa va 252 nafar ayollar ishtirokida 13 mart kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida o‘tkazildi.

Keskin kurashlar va kuchli his-hayajon ostida o‘tgan turnirning respublika bosqichida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin – “Ekspromt” jamoasi (Toshkent shahri);

2-o‘rin – “Yengil kavaleriya” jamoasi (Toshkent shahri);

3-o‘rin – “Efemerida” jamoasi (Andijon viloyati).

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga smart televizorlar topshirildi.

Top