13:50 / 17.03.2023
18692
Reklama

Avtomobilsozlik sanoati yangi texnologik taraqqiyot davri ostonasida: jahon yetakchisi BYD rasman O‘zbekistonda!

Toshkentda jahon avtomobil bozorida yetakchiga aylangan BYD kompaniyasining DM-i super gibrid modellari va elektromobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Masalan, 2022 yilda dunyoda sotilgan har o‘ninchi avtomobil elektromobil hisoblanadi. Ahamiyatli jihati, ular faqat eng ilg‘or mamlakatlarda ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston avtomobil sanoati texnologik taraqqiyotning yangi davri arafasida turgani, endilikda eng ko‘p sotiladigan “NEV” avtomobillari mamlakatimiz bozoridan o‘rin olishiga zamin yaratadi.

Foto: BYD

Butun dunyo innovatsion yechimlar izlayotgan bir paytda O‘zbekiston eng ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirgan qator davlatlar qatoriga qo‘shilish yo‘lidan ishonch bilan bormoqda. Kelajak avlodni o‘ylagan holda, yurtimizda energiyada ishlovchi, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida turganimiz – bu O‘zbekistonni MDHda birinchi va dunyoda 14-mamlakatga aylantirishda bizda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligining yana bir isboti.

Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov: “Avtomobilsozlik - fan va texnika taraqqiyotini o‘zida mujassam etgan jahon iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Ushbu yo‘nalish rivojlangan davlatlarda yetakchi, multiplikativ soha sifatida metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoati, elektrotexnika hamda boshqa turdosh sohalarda bitta ish o‘rnida 7-8 ta ish o‘rni yaratishga majbur qiladi. Ayni jihatlarni anglagan holda, rivojlangan davlatlar orasida eng yuqori pog‘onalarni egallash hamda ular darajasiga yetish uchun biz yangi milliy texnologiyalarni tatbiq etamiz, ilmiy salohiyatni yuksaltiramiz va yaratamiz”, - deya ta’kidladi.

Bugun, O‘zbekiston avtomobilsozligi xalqaro maydonda o‘z mavqeyiga ega bo‘lish yo‘lida odimlayotgani, hali oldinda katta marralar borligidan dalolat.  Tan olish kerak, muhandislarimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda sohaga oid texnikalarni yanada rivojlantirishni bugungi davr taqozo etmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada har yili talabalarning 50 foizi muhandislik sohasida tahsil oladi va ularning avtomobilsozlik sohasi hamda iqtisodiyotning yuksalishida erishgan yutuqlaridan barchamiz xabardormiz.  

“O‘zbekiston bozoriga muvaffaqiyatli kirib borish biz uchun ham ilmiy ham texnologik hamkorlikning yangi istiqbollarini ochadi. BYD va UzAuto o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish orqali ilmiy-texnik va innovatsion yo‘nalishlarda jipslashtirish mumkin. Bunda asosiy maqsad ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishda ko‘p tomonlama sheriklikni birgalikda mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bu, shubhasiz, O‘zbekiston manfaatiga xizmat qiladi”,-deya ta’kidladi BYD Auto Co.,Ltd  boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ivan Tsao.

O‘zbekistonda yangi energiya manbalari asosida ishlaydigan avtomobillar bu nafaqat tejamkor va ekologik toza transport vositasidir.

• Bu yuqori muhandislik salohiyatiga ega lider mamlakatlar orasiga kirib borish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohasida imkoniyatlarimizni yaratish hamda kengaytirish, umuman olganda, barcha sohalarda oldinga qadam tashlash imkoniyatini taqdim etuvchi texnologiyalardir.  

• Bu mamlakatimizda ilgari qo‘llanmagan yangi yuqori texnologiyalarning  rivojlanishi. Bu arzon xomashyodan million dollarlik mahsulotlar, hususan, akkumulyatorlar, elektrodvigatellar, elektron bloklar, mikrochiplar yaratish shuningdek, materiallarga ishlov berish, xomashyoni qayta ishlashni tashkil etish.

• Bu O‘zbekistonda muhandislik, mahsulot dizayni, avtomobillarni iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirish, sinov laboratoriyalarni yaratish, zamonaviy standartlarni o‘rganish va joriy etish, elektroenergetika – sanoat hamda ilm-fan integratsiyasi kabi ilmga asoslangan yo‘nalishlarda fan va mutaxassislar salohiyatini oshirishdir.

• Bu aqlli avtomobillar hamda robotlashtirilgan ishlab chiqarish uskunalari uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va markazlashtirilgan ma’lumotlar markazlarini yaratishga qodir bo‘lgan - IT sohasida yuqori toifali yangi avlod mutaxassislarning yetishib chiqishidir.

• Bu ilmga asoslangan texnologiyalarni qo‘llagan holda, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Dunyo ilg‘or tajribalarining amaliyotimizga tatbiq etilishi O‘zbekiston uchun aqlli datchiklar, sun’iy intellekt, yangi avlod axborot tenologiyalari (IoT), sanoat dizayni, muhandislik loyihalash kabi yo‘nalishlarda yangi bilimlarni olish va ilm-fanni rivojlantirishda rag‘bat beruvchi mukammal sharoitlarni yaratadi.

• Bu yoqilg‘i taqchilligi va ekologik muammolar davrida energiya resurslarini tejashning navbatdagi qadamdir - elektr transport vositalarini quvvatlantirish stansiyalari uchun rivojlangan infratuzilma transport xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.

Yangi transport turini ishlab chiqarishga o‘tish - kelajakka nazar solishni anglatadi. Kelajakda iqtisodiy rivojlangan, intellektual salohiyatga ega va raqobatbardosh davlatda, nafaqat transport vositasiga ega bo‘lgan fuqarolarni ko‘paytirish, balki ko‘plab hali mavhum hamda kashf etilmagan yangiliklarni yaratuvchi ijodkor va olimlarni shakllantirish izlanishlarimizni davom ettiramiz!

O‘zbekiston avtomobilsozligi bilan orzularni birga quramiz!

Reklama huquqi asosida

Top