Jizzax viloyatida Gibrid va elektromobillar işlab çiqaradigan BYD avtomobil zavodi iyun oyida işga tuşirilişi mumkin.
25 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev va BYD prezidenti Van Çuanfu Jizzax viloyatida elektr va gibrid avtomobillarni yiğiş loyihasini işga tuşirdi. Korxona «Jizzax» EIZ hududida joylaşadi. Loyiha qiymati 160 million dollarga baholangan bölib, şundan joriy yilda 120 million dollar sarmoya kiritilişi rejalaştirilgan. Buning natijasida 1200 ga yaqin yangi iş örni yaratiladi.
Mart oyida BYD vakili Ivan Sao birinçi bosqiçda uçta rusumdagi avtomobillar işlab çiqarilişi, gibrid va elektromobillarni ommaviy işlab çiqariş uçinçi çorakka rejalaştirilganini aytgan edi.
Qöşma avtomobil zavodi kiçik qismli yiğiş (CKD) yordamida BYD Chazor va BYD Song Plus Dm-1 modellarini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.
Bundan taşqari, işlab çiqarilayotgan elektromobillar soni ortişi bilan mahalliylaştiriş darajasi ham bosqiçma-bosqiç oşib boradi.
2023 yil sentabr oyida BYD va «Özavtosanoat» örtasida BYD Uzbekistan Factory qöşma korxonasini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Birinçi bosqiçda Jizzax viloyatidagi zavodning quvvati yiliga 50 ming dona bölsa, kelgusida bosqiçma-bosqiç 300 ming avtomobilga yetkaziladi, ularning bir qismi xorijga eksport qilinadi.













