Mahalliy iqlim va yöl şaroitlariga mos emas degan gap bu bahona, deydi 3 yildan buyon BYD avtomobillaridan foydalanayotgan bloger Umid Ğafurov. Avtosanoat sohasi mutaxassisi Aşrafbek Olimov BYD'ning bu sörovi kompaniyaning rivojlanayotgan davlatlarga asosiy e’tiborini qaratiş strategiyasiga mosligini aytdi. Iqtisodçi Otabek Bakirovga köra esa, hammasi bir vaqtlar UzDEUAuto qöşma korxonasi oçilgan paytdagi jarayonlarni eslatyapti.
“Özavtosanoat” bilan birga Jizzaxda zavod qurayotgan BYD kompaniyasi “Özbekistonga olib kirilayotgan BYD modellari mahalliy iqlim va yöl şaroitlariga moslaştirilmagan, rasmiy kafolatga ega emas” degan vaj bilan hukumatdan uşbu brend importini çeklaşni söragani qizğin muhokamalarga sabab böldi.
Kun.uz iqtisodçi Otabek Bakirov, Nissan Motor katta moliyaviy menejyeri Aşrafbek Olimov va jamoatçilik faoli Umid Ğafurovdan bu yangilikka munosabatini söradi.
“Narxi 20 ming dollargaça bölgan elektr va gibrid modellar “Özavtosanoat”ni xavotirga solyapti” — Otabek Bakirov
— Men uçun yangilik bölgani yöq, kutilayotgan qaror edi. Eslasangiz, yilning boşida idoralararo portalda muhokamaga qöyilgani haqida sizdirgilar çiqqandi. Hattoki tarmoqlarda nusxalari ham paydo bölgandi. 2 yil avval BYD bilan qöşma korxona taşkil etilgan vaqtda, unda “Özavtosanoat”ning uluşi 60 foiz, BYD'ning Yevropa tuzilmasi uluşi 40 foiz miqdorida taşkil etilganda ham, hammasi bir vaqtlar UzDEUAuto kompaniyasi taşkil etilgan paytdagi jarayonlarni eslatyapti. Bugun “Özavtosanat” qanday monopol muhitni yaratgan bölsa, elektromobillar sohasida ham xuddi şunaqa monopol muhit yaratiş bilan tugallanadi, degan xavotir haqida 2 yil avval yozgandim. Şuning amaldagi realligi böldi.
Özbekistonda taşkil qilingan qöşma korxona 25 ming dollardan yuqori segmentdagi BYD Song Plus va Chazor modellarini yiğadi. Hozir Özbekistonga juda katta miqdorda olib kirilayotgan elektromobillar oqimi – bu narxi 25 ming dollargaça bölgan oqim. Ya’ni mustaqil importçilar BYD'ning E2, Dolphin, Seagull kabi arzonroq modellarini ham olib kirişyapti. Bu boşqa narx segmenti bölgani uçun qöşma korxonaga bosim yaratmaydi, lekin kimga ziyon keltiradi? “Özavtosanoat”ning boşqa segmentiga. Masalan, Onix sotuvlari sust. Öylaymanki, asosiy signal – narxi 20 ming dollargaça bölgan elektromobillar kirib kelişi va bu “Özavtosanoat”ning hatto Cobalt modeli sotuviga ham ta’sir qilişidan qörqişyapti.
“BYD'ning asosiy maqsadi – rivojlanayotgan bozorlar” — Aşrafbek Olimov
















