18:00 / 07.12.2018
16684

Xorazm viloyatidagi ikki tumanda IIB boshlig‘i o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Xususan, quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

Xushnud Mirzaboyevich Masharipov

mayor Xushnud Mirzaboyevich Masharipov - Xorazm viloyati Xiva tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Alisher Aminovich Tojiyev

podpolkovnik Alisher Aminovich Tojiyev - Xorazm viloyati Gurlan tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirilgandi.

Top