O‘zbekiston hukumati Buxoro viloyatidagi Qandim neftni qayta ishlash zavodi tashqi infrastrukturasini yaxshilashga 200 mln dollar ajratadi. RIA Novosti agentligining xabar berishicha, zavod “LUKOyl” kompaniyasi tomonidan qurilmoqda. Bu haqda hukumat qarori jamoatchilikka e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi 2017 yilning 1 iyuliga qadar tashqi elektr ta'minoti obektlarini, shu jumladan elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish ishlarini o‘tkazishi kerak. “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa o‘z navbatida 2015 oktabriga qadar Qandim zavodiga keladigan temir yo‘l infrastrukturasini yaratishi talab etiladi.
2015 yilda “LUKOyl” Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi bilan birgalikda Qandim zavodini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Shartnoma qiymati 2.66 mlrd dollarga baholanmoqda. Zavodning birinchi navbati 2018 yilda iste'molga kiritilishi aytilmoqda.