21:01 / 29.05.2015
1856
AQSh Kubani terrorchilikka homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

AQSh Kubani terrorchilikka rahnamolik qiluvchi mamlakatlar sirasidan chiqardi. Bu haqda Reuters agentligi AQSh Davlat departamenti xabariga suyangan holda ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Kubaning ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi AQSh va Kuba o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi yo‘lidagi oxirgi to‘siqni olib tashladi. Bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomadan ma'lum bo‘lishicha, amerikaliklarning 59 foizi ushbu to‘siqning olib tashlanishiga xayrixohlik bildirgan.
AQSh va Kuba o‘rtasidagi kelishmovchilik 54 yildan buyon davom etib kelmoqda.

Top