Jamiyat | 19:22 / 04.01.2016
35371
3 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda farzand ko‘rgan o‘zbek san'atkorlari reytingi e'lon qilindi

Ilgariroq o‘tgan yilda to‘y marosimlari o‘tkazgan san'atkorlar va yulduzlar reytingi taqdim etilgan edi. “Darakchi” gazetasining Yangi yil sonida, shuningdek, shu davr mobaynida farzand ko‘rgan shou-biznes namoyandalarining ro‘yxati keltirildi. Quyida mazkur reytingni sizlarga taqdim etamiz.

1. “Afro‘z” guruhi ishtirokchisi Muzaffar Boboxonov 5 fevral kuni farzandli bo‘ldi. Bolakayga Ibrohim deb ism qo‘yildi.

2. Aktrisa Sevara Soliyeva va xonanda Ma'mur Sultonovlar esa 25 aprel kuni o‘g‘illi bo‘lishdi. Chaqaloqqa Sulton ismi berildi.

3. May oyida esa O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bobo bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, u 2014 yili qizini uzatgandi.

4. “Eldido” guruhi vakili Eldor Xushvaqtov 31 may kuni qiz farzandli bo‘ldi. Unga Shahrizoda ismi berildi.

5. “Nihol” mukofoti sovrindori Parizoda 20 iyulda ikkinchi bor ona bo‘ldi. Qiziga Sa'diya deb ism qo‘yildi.

6. O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Xosiyat Husanova 1 sentabrda 47 yosh ostonasida ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. O‘g‘liga Imron deb ism qo‘ydi.

7. Xonanda Ruxshona va klipmeyker Sanjar Matkarimov 6 sentabr sanasida qiz farzandli bo‘lishdi. Qizga Habiba deb ism qo‘yildi.

8. Sa'dullayevlar sulolasining kenja vakili, aktrisa Muqaddas Sa'dullayeva 11 sentabrda Sa'diyaxonni dunyoga keltirdi.

9. 9 oktabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon uchinchi bor otalik baxtiga erishdi – uning xonadonida jajji Muhammadali dunyoga keldi.

10. 9 oktabrda xonanda Dildora Niyozova ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Qiz chaqalloqqa Muslimaxon deb ism qo‘ydi.

11. 18 oktabr kuni xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimovlar qiz farzandli bo‘lishdi. Dilso‘z chaqaloqqa o‘z taxallusini ism qilib qo‘ydi.

12. “Mening yurtim” telekanalining “Bugun nima ovqat” ko‘rsatuvi boshlovchisi, aktyor Husan Jo‘rayev 25 oktabrda qiz farzandli bo‘ldi. Aktyor birinchi farzandiga Azizaxon deb ism qo‘ydi.

13. Xonanda Botir Yaminov ham 6 noyabrda farzandli bo‘ldi.

14. 12 noyabr sanasida aktrisa va xonanda Madina Mumtoz o‘g‘illi bo‘ldi.

15. “Mirzo” teatri vakili, qiziqchi Ma'murbek Xolmedov 1 dekabr kuni ikkita qizdan so‘ng o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Chaqaloqqa Biloliddin ismi berildi.

E`lonlar