Jamiyat | 21:48 / 11.01.2016
6318
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik ayol odam-mushuk vakansiyasini ochdi

Avstraliyaning Ballarat shahrida istiqomat qiluvchi Sofi ismli ayol uning uchun mushukka taqlid qiladigan odam uchun vakansiya ochdi. Sofi tunda yomon uxlaydi, shuning uchun krovatida uning oyoqlari ostida odam-mushuk yotsa, u o‘zini yaxshi his qilishi haqida o‘ylagan.

“Men krovatim chetida koptokcha bo‘lib yotadigan va uyqudagi mushukcha kabi yoqimli ovoz chiqaradigan odamni qidiryapman. Menda uxlash bilan bog‘liq muammolar bor, shuning uchun kimdir uxlayotgan vaqtimda menga qarab turishini bilsam, uyquga ketishim oson bo‘ladi”, - deya yozgan avstraliyalik ayol bu hazil emasligini izohlab.

“Xodim” haqiqiy mushuk kiyimida keladi va uyga to‘rt oyoqlab kiradi (mushuk kiyimi ish beruvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin). Ish vaqti – kechki soat 11 dan ertalabki 6 gacha. Sofi bir yoki ikki doimiy “mushuklar”ni izlayapti.

Agar odam-mushuk yoqimli va tinchlantiruvchi ovoz chiqarsa, avstraliyalik ayol bir soat uchun 60 dollar qiymatida haq to‘lashga tayyor. Agar buning uddasidan chiqmasa, unga soatiga 30 dollardan 50 dollargacha haq to‘lanadi.

Sofi har doim haqiqiy mushukni parvarishlashni istagani, biroq uni boqish va ortidan tozalashga vaqti yo‘qligini aytgan. Agar odam-mushukning qorni ochib qolsa, Sofi idishchada sut va baliq berishga tayyor. Biroq yaxshisi Sofi uxlaganidan keyingina ichish va ovqatlanishi mumkin, chunki bu unga yoqimsiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin. “Xodim” shuningdek hojatxonadan ham foylanishi mumkin, biroq “xo‘jayin” uxlab qolganidan keyin ikki soat o‘tgach.